«Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub boshqaruvida g‘alabalar foizi bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega bo‘lib turibdi. U o‘zi ishtirok etgan bahslarning 83 foizida g‘alaba qozondi.
Bu esa klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. «Bavariya» Flik boshqaruvida 81ta o‘yinning 67tasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Flik mavsum so‘ngida «Bavariya»ni tark etishga qaror qildi. U Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ