«Barselona» 17 aprel, shanba kuni Ispaniya kubogi finalida Bilbaoning «Atletik» klubi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklar sardori Lionel Messi mazkur o‘yinda 2ta gol muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining joriy mavsumdagi barcha musobaqalar doirasidagi gollari soni 31taga yetdi.
Shu tariqa, Messi ketma-ket 13 mavsumdan kamida 30tadan gol urmoqda. Bu davr ichida uning eng yomon statistikasi o‘tgan mavsumga to‘g‘ri kelgandi. Mavsum-2020/2021da u 31ta gol muallifiga aylangan bo‘lib, joriy mavsumda u bu natijani takrorlashga ulgurdi.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi