SportUz.Net
photo photo

«Chelsi» Angliya klublari orasida YECHL rekordini qayd etdi

14.04.2021 09:31    


Rasmni yuklab olish

«Chelsi» Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida 13 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Portu»ga yutqazib qo‘ydi (0:1), biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (birinchi bahs — 2:0) keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Londonliklar klubi 2014 yildan keyin birinchi marta musobaqa yarim finaliga chiqdi. «Chelsi» Chempionlar Ligasi davrida (1992/93 yilgi mavsumdan keyin) 8 marta turnir yarim finaliga yo‘l oldi. Bu Angliya klublari orasida rekord natija hisoblanadi.

Bu vaqt ichida «Manchester Yunayted» ushbu bosqichda 7 marta o‘ynagan, «Liverpul» — 5, «Arsenal» — 2, «Manchester Siti», «Tottenhem» va «Lids» bir martadan yarim finalga yetib kelgan.

Tomas Tuxel shogirdlari yarim finalda «Real» — «Liverpul» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: