«Lester» hujumchisi Kelechi Ixeanacho Angliya Premyer Ligasining mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Nigeriyalik futbolchi mart oyida Premyer Ligada uchta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol muallifiga aylandi.
Mazkur sovrin uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:
Andres Kristensen («Chelsi») — 3 uchrashuvda 3 ta quruq o‘yin;
Harri Keyn («Tottenhem») — 4 o‘yinda 3 ta gol va 2 ta assist;
Jessi Lingard («Vest Hem») — 2 bahsda 2 gol va 1 ta assist;
Riyod Mahrez («Manchester Siti») — 3 o‘yinda 3 ta gol;
Ilan Melye («Lids») — 3 uchrashuvda 1 ta quruq o‘yin va 16 ta seyv;
Lyuk Shou («Manchester Yunayted») — 3 uchrashuvda 1 ta gol va 3 ta quruq o‘yin;
Leandro Trossard («Brayton») — 3 o‘yinda 2 ta gol va 1 ta golli uzatma.
Eslatib o‘tamiz, yanvar va fevral oyida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an eng yaxshi nomiga loyiq ko‘rilgandi.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ