SportUz.Net

photo photo

APLning eng qimmat futbolchilari va eng qimmat tarkibga ega klublari reytingi e’lon qilindi

25.03.2021 15:31    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali Angliya Premyer Ligasi futbolchilari transfer qiymatini yangilangan reytingini e’lon qildi.

«Manchester Siti» eng qimmat tarkibga ega klub bo‘lib qolmoqda. «Shaharliklar» tarkibi 1,03 milliard yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlarda «Liverpul» (1,01 mlrd yevro) va «Chelsi» (780 mln yevro) bormoqda.

Quyidagi eng qimmat Premyer Liga klublari top-10 ligi bilan tanishing:

1. «Manchester Siti» — 1,03 milliard yevro
2. «Liverpul» — 1,01 mlrd yevro
3. «Chelsi» — 780 million yevro
4. «Manchester Yunayted» — 721 mln yevro
5. «Tottenhem» — 681 mln yevro
6. «Arsenal» — 549 mln yevro
7. «Lester» — 476 mln yevro
8. «Everton» — 463 mln yevro
9. «Vulverhempton» — 412 mln yevro
10. «Aston Villa» — 380 mln yevro

Angliya chempionatining eng qimmat futbolchilari ro‘yxati ham yangilandi. «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn (120 mln yevro) eng qimmat o‘yinchi bo‘lib turibdi. «Liverpul» forvardi Muhammad Saloh 110 million yevroga baholanib, ikkinchi pog‘onada qayd etilgan. Keyingi o‘rinlardagi to‘rt futbolchi 100 million yevroga baholangan.

Premyer Liganing eng qimmat futbolchilari:

1. Harri Keyn («Tottenhem») — 120 mln yevro
2. Muhammad Saloh («Liverpul») — 110 mln yevro
3. Trent Aleksander Arnold («Liverpul») — 100 mln yevro
4. Rahim Sterling («Manchester Siti») — 100 mln yevro
5. Sadio Mane («Liverpul») — 100 mln yevro
6. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») — 100 mln yevro
7. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 90 mln yevro
8. Markus Reshford («Manchester Yunayted») — 85 mln yevro
9. Son Hyon Min («Tottenhem») — 85 mln yevro
10. Fil Foden («Manchester Siti») — 70 mln yevro



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: