SportUz.Net
photo photo

«Oltin butsa»-2021da nima gap?

24.03.2021 07:31    


Rasmni yuklab olish

FIFA kunlari tufayli milliy chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, 2021 yilgi «Oltin butsa» sovrini uchun kurashga to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.

O‘tgan yili mazkur sovrin uchun kurashda so‘nggi pallalarda imkoniyatni qo‘ldan chiqargan Robert Levandovski, bu safar ancha jiddiy kurash olib bormoqda. Polshalik futbolchi Germaniya chempionatining 26-turidan keyin 35ta gol bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

O‘tgan yilgi "Oltin butsa" sohibi Chiro Immobile ("Lasio") esa hozircha 14ta gol urgan xolos. Bu safar "Bavariya" forvardini Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ta’qib qilishmoqda. Ularning hisobida ayni paytga kelib 23tadan gol mavjud.

Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund) va Andre Silva ("Ayntraxt" Frankfurt) 21tadan gol bilan 4 va 5-pog‘onalarni egallab turishibdi.

"Oltin butsa"-2020/21: Top-10 futbolchilar (23 mart holatiga):

1. Robert Levandovski ("Bavariya", Germaniya) – 35 gol, 70 ball (koeffisiyent – 2)

2-3. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", Italiya) – 23 gol, 46 ball (koeffisiyent – 2)

2-3. Lionel Messi ("Barselona", Ispaniya) – 23 gol, 46 ball (koeffisiyent – 2)

4-5. Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund, Germaniya) – 21 gol, 42 ball (koeffisiyent – 2)

4-5. Andre Silva ("Ayntraxt" Frankfurt, Germaniya) – 21 gol, 42 ball (koeffisiyent – 2)

6. Kasper Yunker ("Bude-Glimt", Norvegiya) – 27 gol, 40,5 ball (koeffisiyent – 1,5)

7. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) – 20 gol, 40 ball (koeffisiyent – 2)

8-9. Romelu Lukaku ("Inter", Italiya) – 19 gol, 38 ball (koeffisiyent – 2)

8-9. Luis Suares ("Atletiko", Ispaniya) – 19 gol, 38 ball (koeffisiyent – 2)

10-11. Amal Pellegrino ("Kristiansund", Norvegiya) – 25 gol, 37,5 ball (koeffisiyent – 1,5)

10-11. Pol Onuaxu ("Genk", Belgiya) – 25 gol, 37,5 ball (koeffisiyent – 1,5).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: