"Barselona" hujumchisi Lionel Messi «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinda (6:1) ikkita gol muallifiga aylandi.
Argentinalik futbolchi faoliyati davomida o‘yindan urilgan gollar soni (penaltilarni inobatga olmaganda) bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi — 581:579, Messi foydasiga.
Shu bilan birgalikda, Leo portugaliyalik futbolchiga nisbatan 144ta kamroq o‘yinda ishtirok etgan — 910 / 1054.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu futbol tarixida rasmiy o‘yinlar urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi