SportUz.Net
photo photo

Bundesliganing eng ko‘p maosh oladigan futbolchi va murabbiylari e’lon qilindi

20.03.2021 17:31    


Rasmni yuklab olish

Fransiyaning L’Equipe nashri Germaniya Bundesligasining eng ko‘p haq oladigan futbolchi va murabbiylari ro‘yxatini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, Germaniyada eng ko‘p haq oladigan futbolchilar «Bavariya» klubi a’zolari sanaladi. Jamoa hujumchisi Robert Levandovski va darvozabon Manuel Noyer oyiga 1,7 million yevro maosh bilan Bundesliganing eng ko‘p haq oladigan o‘yinchilari bo‘lib turishibdi.

Top-5likdan joy olgan qolgan o‘yinchilar ham Myunxen klubi vakillari sanaladi: Leroy Sane – 1,5 mln, Tomas Myuller – 1,3 mln va Lyuka Ernandes – 1,1 mln.

Eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatini ham «Bavariya» ustozi Hans-Diter Flik boshqarmoqda. Nemis mutaxassisi oyiga 580 ming yevro maosh oladi. Ikkinchi o‘rinda Peter Bos («Bayer», 0,29 mln) bo‘lsa, uchinchi pog‘onani Yulian Nagelsmann («RB Leypsig», 0,25 mln) egallagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: