SportUz.Net
photo photo

Yevropa chempionlar ligasida hafta ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

18.03.2021 23:00    


Rasmni yuklab olish

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali javob bahslaridan o‘rin olgan so‘nggi to‘rt o‘yin 16 va 17 mart kunlari bo‘lib o‘tdi.

UYEFA matbuot xizmati mazkur o‘yinlar yakuni bo‘yicha hafta ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Undan «Chelsi»ning to‘rt nafar o‘yinchisi o‘rin oldi. «Manchester Siti»dan uch, «Real»dan ikki, «Atalanta» va «Bavariya»dan esa bir nafardan futbolchi ramziy jamoadan joy oldi.

YECHL hafta ramziy (fentezi) terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Eduard Mendi («Chelsi»);

Himoyachilar: Emerson, Sesar Aspilikueta (ikkalasi ham «Chelsi»), Serxio Ramos («Real»), Joao Kanselu («Manchester Siti»), Yozua Kimmix («Bavariya»);

Yarim himoyachilar: Hakim Ziyosh («Chelsi»), Luka Modrich («Real»), Ilkay Gundo‘g‘on, Kevin de Bryuyne (ikkalasi ham «Manchester Siti»);

Hujumchi: Luis Muriel («Atalanta»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: