
Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingem «Barselona»ga qarshi bahsda tarixga kirdi. U XXI asrdagi «Real» futbolchilari orasida «el-klasiko» uchrashuvida ham gol urib, ham golli pas bergan eng yosh o‘yinchi bo‘ldi, deb xabar berdi Opta agentligi.
Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan o‘yin 26 oktyabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tdi. «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellingem 22 yosh 119 kunlik paytida bitta gol va bitta assist bilan jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Shu tariqa u Vinisius Juniorga tegishli natijani yangiladi — braziliyalik hujumchi 2023 yil aprelida Kubok bahsida «Barselona»ga qarshi o‘yinda (22 yosh 267 kunlik chog‘ida) shu ko‘rsatkichga erishgan edi.
Xolmurod Nurmatov: "Buni mag'lubiyat demagan bo'lardim, kamida durang berilsa bo'lardi"
Abdurahmon Fozilovning LFA Ligasidagi debyut jangi sanasi va manzili malum (POSTER)