
25 oktyabr kuni «Bavariya» Bundesliganing 8-turida safarda Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Myunxenliklar 2025/26 yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi — jamoa barcha musobaqalardagi 13ta uchrashuvning hammasida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinlardagi to‘plar nisbati — 47:9.
Bu natija Yevropaning top-5 ligalari (APL, La Liga, Bundesliga, A Seriya, Liga 1) tarixidagi eng yaxshi start sifatida qayd etildi.
Shuningdek, 1992/93 yilgi mavsumda «Milan» ham 13ta g‘alabadan boshlagan, ammo italiyaliklarning to‘plar nisbati bundan yomonroq bo‘lgan — 45:13.
Xolmurod Nurmatov: "Buni mag'lubiyat demagan bo'lardim, kamida durang berilsa bo'lardi"
Abdurahmon Fozilovning LFA Ligasidagi debyut jangi sanasi va manzili malum (POSTER)