SportUz.Net
iks
ads

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

23.10.2025 07:48    


Rasmni yuklab olish

UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan so‘ng haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar qatoriga «Atletik» forvardi Gorka Guruseta, PSV yarimhimoyachisi Dennis Man, Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Feliks Nmecha hamda «Barselona» xavbeki Fermin Lopes kiritildi.

Guruseta «Qarabog‘»ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl qayd etdi. Man ikki gol urdi va «Napoli»ni yirik hisobda mag‘lub etishda (6:2) muhim rol o‘ynadi. Nmecha «Kopengagen» darvozasiga ikkita to‘p kiritdi (4:2), Lopes esa «Olimpiakos»ga qarshi bellashuvda (6:1) xet-trik muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda turnir jadvalida 9 ochko bilan PSJ peshqadamlik qilmoqda. 9 ochkoga ega «Bavariya» ikkinchi o‘rinda, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda esa bir xil ochkoga ega «Inter», «Arsenal» va «Real» jamoalari joy olgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: