«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Marsel»ga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-tur uchrashuvida (2:1) ikki marta penaltidan gol urib, "Qirollik klubi" safidagi o‘z gollari sonini 50 taga yetkazdi. Fransiyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida 64 uchrashuvda shu natijaga erishdi.
Mbappega qaraganda tezroq 50 ta golga erishgan yagona futbolchi — jamoaning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lib, u 2010 yil noyabrida 54 o‘yindayoq ushbu marrani zabt etgan edi.
Fransiyalik hujumchi 2024 yil yozida ispan grandiga qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Golovkin Qozog'iston boks terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida qanday fikrda?