SportUz.Net
iks
ads

Terens Krouford P4P reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi

16.09.2025 14:48    


Rasmni yuklab olish

37 yoshli amerikalik professional bokschi Terens Krouford The Ring jurnali tomonidan tuzilgan P4P (vazn toifasidan qat’i nazar) reytingida birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Krouford 14 sentyabr, yakshanba kuni super o‘rta vazn toifasida Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi jang qilib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra  116:112, 115:113, 115:113 hisobida g‘alaba qozondi. Amerikarlik bokschi mazkur g‘alabasi ortidan P4P reytingida ukrainalik Oleksandr Usikni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

P4P reytingining ikkinchi pog‘onasidan Usik joy olgan bo‘lsa, 14 sentyabr kuni o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevni mag‘lub etib, o‘z kamarlarini himoya qilgan Naoya Inoue esa kuchli uchlikka yakun yasagan.

To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:

1. Terens Krouford (AQSH)
2. Oleksandr Usik (Ukraina)
3. Naoya Inoue (Yaponiya)
4. Dmitriy Bivol (Rossiya)
5. Artur Beterbiyev (Kanada / Rossiya)
6. Jessi Rodriges (AQSH)
7. Junto Nakatani (Yaponiya)
8. Shakur Stivenson (AQSH)
9. David Benavides (AQSH)
10. Saul “Kanelo” Alvares (Meksika)

Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford tarixdagi uchta vazn toifasida mutlaq chempion bo‘lgan ilk erkak bokschi hisoblanadi. U bunga qadar yengil o‘rta vazn, yarim o‘rta vazn toifalarida ham barcha kamarlarni qo‘lga kiritgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: