SportUz.Net
photo photo

La liga. Joriy mavsumda eng ko‘p uzatma bergan futbochlilar aniq bo‘ldi (+ro‘yxat)

15.03.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya chempionatining joriy mavsumida eng ko‘p uzatmani amalga oshirayotgan futbolchi bo‘lib turibdi. Niderlandiyalik futbolchi o‘shu paytgacha 1946ta uzatma bergan bo‘lsa, ularning 91 foizi, ya’ni 1774tasi aniq bo‘lgan.

"Vilyarreal" yarim himoyachisi Daniel Parexo 1703ta uzatma bilan ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Toni Kroos (1698) kuchli uchlikka kirgan.

"Barselona" futbolchi Serxio Buskets (1535) va Jordi Alba (1467) esa kuchli beshlikdan o‘rin olishdi.

Luka Modrich va Lionel Messi esa bor-yo‘g‘i 9 va 10-pog‘onalarni band etishdi.

La liganing joriy mavsumida eng ko‘p aniq uzatma bergan futbolchilar (top-10):

1. Frenki De Yong (Barselona) — 1774 aniq uzatma

2. Daniel Parexo (Vilyarreal) — 1703

3. Toni Kroos (Real) — 1698

4. Serxio Buskets (Barselona) — 1535

5. Jordi Alba (Barselona) — 1467

6. Pau Torres (Vilyareal) — 1467

7. Koke (Atletiko) — 1459

8. Raul Albiol (Vilyareal) — 1401

9. Luka Modrich (Real Madrid) — 1389

10. Lionel Messi (Barselona) — 1309.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: