SportUz.Net

CIES talqiniga ko‘ra A seriyaning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi

27.03.2025 23:24    


Rasmni yuklab olish

«Inter» klubi argentinalik hujumchisi Lautaro Martines CIES Football Observatory portali tomonidan Italiya chempionatining eng qimmat futbolchisi deb topildi.

Manbaga ko‘ra, uning transfer bahosi 108,3 mln yevroni tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, CIES Football algoritmi baholarni faqat statistik modelga asosan hisoblab chiqadi.

Top-10 reytingga Lautaro Martinesdan tashqari «Inter»dan yana uch futbolchi, «Yuventus» va «Bolonya»dan bittadan, shuningdek, «Milan» va «Atalanta»dan ikkitadan o‘yinchi kiritilgan.  

CIES Football versiyasi bo‘yicha A Seriyaning eng qimmat futbolchilari (mart-2025):

1. Lautaro Martines («Inter») — €108,3 mln  
2. Kenan Yildiz («Yuventus») — €90,4 mln  
3. Markus Tyuram («Inter») — €80 mln  
4. Teyani Reynders («Milan») — €74 mln  
5. Alessandro Bastoni («Inter») — €72,7 mln  
6. Nikolo Barella («Inter») — €68,4 mln  
7. Mateo Retegi («Atalanta») — €67,1 mln  
8. Sharl De Ketelare («Atalanta») — €65,3 mln  
9. Santyago Kastro («Bolonya») — €64,8 mln  
10. Rafael Leau («Milan») — €63,1 mln 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: