SportUz.Net

Goal «Oltin to‘p» uchun nomzodlar reytingini yangiladi: Saloh asosiy da’vogar, Keyn top-5ga kirdi

10.03.2025 20:00    


Rasmni yuklab olish

Nufuzli Goal nashri "Oltin to‘p" sovrini uchun da’vogarlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi.

Harri Keyn «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatining top-5 taligidan joy oldi.  «Bavariya» hujumchisi Goal'ning yangilangan reytingida 5-o‘ringa ko‘tarildi.

2025 yilda ushbu mukofotning bosh favoriti hali ham Muhammad Saloh hisoblanadi. Kilian Mbappe va Rafinya esa kuchli uchlikni saqlab qoldi.

«Oltin to‘p» uchun asosiy 20 da’vogar:  

1. Muhammad Saloh («Liverpul»)  
2. Kilian Mbappe («Real»)  
3. Rafinya Dias («Barselona»)  
4. Lamin Yamal («Barselona»)  
5. Harri Keyn («Bavariya»)  
6. Robert Levandovski («Barselona»)  
7. Vinisius Junior («Real»)  
8. Jud Bellingem («Real»)  
9. Jamal Musiala («Bavariya»)  
10. Pedri («Barselona»)  
11. Xulian Alvares («Atletiko»)  
12. Lautaro Martines («Inter»)  
13. Virjil van Deyk («Liverpul»)  
14. Usmon Dembele («PSJ»)  
15. Antuan Grizmann («Atletiko»)  
16. Maykl Olise («Bavariya»)  
17. Erling Xoland («Manchester Siti»)  
18. Florian Virts («Bayer»)  
19. Viktor Dyokeresh («Sporting»)  
20. Aleksander Isak («Nyukasl»)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: