Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga ko‘ra, «Liverpul» jamoasi Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida chempionlikni qo‘lga kiritadi. Mersisaydliklarning sovringa ega chiqish ehtimoli 92,7 foizga teng deya baholandi.
Arne Slot jamoasi 22 o‘yindan so‘ng 53 ochko jamg‘argan va 6 ochko farq bilan «Arsenal»dan oldinda bormoqda. Shuningdek, "Liverpul" bitta zaxira o‘yini mavjud.
Opta mavsumning qolgan qismi uchun o‘yinlar natijalari bo‘yicha 10.000 xil variantni ko‘rib chiqib, favoritlarning chempionlik ehtimolini hisobladi:
1. «Liverpul» – 92,7%;
2. «Arsenal» – 7,1%;
3. «Manchester Siti» – 0,2%;
4. «Chelsi» – 0,03%;
5-6. «Nyukasl» – 0,02%;
5-6. «Bornmut» – 0,02%.