SportUz.Net
photo photo

YECHL tarixida bir klub safida «quruq o‘yinlar» foizi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan darvozabon nomi ma’lum bo‘ldi

07.11.2024 20:24    


Rasmni yuklab olish

“Inter”ning shveysariyalik darvozaboni Yan Zommer Chempionlar Ligasi tarixida bir klub safida “quruq o‘yinlar” foizi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. Bu haqida Squawka portali xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, 35 yoshli Yan “Inter” tarkibida 73% o‘yinlarda (11 tadan 8 tasi) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Shu tariqa Zommer turnir tarixida bir klub safida kamida 10 ta o‘yin o‘tkazgan posbonlar ichida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi.

Undan tashqari 39 yoshli darvozabon “nerazzuri” tarkibida musobaqada 4 ta gol o‘tkazib yuborgan. Joriy mavsumda esa “Inter” Chempionlar Ligasida hali gol o‘tkazmadi.

Zommer 2024/25 yilgi mavsum klub safida 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta golni o‘z darvozasidan olib chiqdi va 9 ta o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: