Ispaniya terma jamoasi rasmiy o‘yinlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Luisade la Fuente jamoasi kecha oqshom Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Daniyani mag‘lub etdi (1:0).
Ispaniya so‘nggi 18 ta rasmiy o‘yinda yutqazmayapti — 16 g‘alaba va 2 durang. "Qizil furiya" so‘nggi marta 2023 yilning mart oyida Shotlandiyaga imkoniyatni boy bergandi (0:2). Bu vaqt oralig‘ida Ispaniya Millatlar ligasi va Yevro-2024da g‘alaba qozondi.
O‘rtoqlik o‘yinlarini ham qo‘shib hisoblaganda Ispaniya 13 ta bahsdan beri yutqazmayapti. Jamoa so‘nggi marta 2024 yilning mart oyida Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida yutqazgandi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi