SportUz.Net
photo photo

UFC afsonaviy jangchisiga hurmat ko'rsatmadi. Overim oltita jangining to'rttasida g'alaba qozonganiga qaramacdan UFC'dan chetlatildi

10.03.2021 08:35    


Rasmni yuklab olish

Ligadagi ahvol sovuqlashayotganidan UFC prezidenti Dana Uayt uyalishi kerak.

Rossiyalik Aleksandir Volkov 7 fevral kuni UFC afsonasi, og'ir vazn toifasida chempionlik kamariga sobiq davogar Alistar Overimni nokaut qilib, katta g'alabaga erishdgani. Bir oydan keyin esa Overim ligadan chetlatildi. Bu xabar MMA muxlislarini xayron qoldirdi, chunki bu mag'lubiyatiga qaramasdan u hali hamon kuchli va zo'rlarga qarshi jang qilishi mumkin edi.

Overim UFC'dagi og'ir vazn toifasidagilar o'rtasida nafaqat faxriy, balki eng yorqin kurashchilardan biri edi. Uning hisobida 47 ta g'alaba, 19 mag'lubiyat va bitta hisobga olinmagan jang bor. Faoliyatidagi 25 ta jangini muddatidan avval yakunlagan, 17 marta kechaning eng yaxshi jangchisi bo'lgan. Brok Lesnar, Mark Xant va boshqa mashhur jangchilarni qo'llab-quvvatlaydiganlar kabi Overimning muxlislari ham uni oktagonga qaytishga munosibligiga ishonishadi.

Volkovning o'zi ham jangdan so'ng Alistarni chetlatishga hali vaqtli ekanligini takidlagan: “ U bahsni turli harakatlar bilan, qirqinchi yillarga xos intellektda, aqlli jang olib borib o'zining usulidan foydalandi. Bu esa raqiblarni oktagonda qiyin ahvolga solib qo'yadi, chunki ular uni boshqacha ko'rishga odatlanib qolishgan, lekin bu Alistarga kuchini tejash va maksimal darajada undan foydalanish imkonini beradi. U bor etiborini janglarga qaratyapti hamda imkon qadar to'g'ri jang usulini tuzyapti”.


Alistar 6 jangdan ikkitasini boy berdi, lekin afsona bilan xayrlashishga bu sabab bo'la oladimi?

Overimning chetlatilishiga yagona sabab - pul. Faxriy jangchiga yana bir bor imkoniyat berib, nega kam gonarar oladigan o'rtacha jangchilardan voz kechish mumkinmas?

2020 yil dekabrda Dana Uayt yaqin orada UFC ko'plab jangchilar bilan xayrlashishi haqida aytib o'tgan edi. O'sha paytda o'rta vaznning beshinchi raqamli jangchisi Yoel Romero ham chetlatilgandi. Liganing so'nggi qarori Alistar Overim bilan xayrlashish Romero chetlatilganidan ham g'alatiroq bo'ldi. Hozirgi vaqtda og'ir vazn toifasida yangi yulduzlar deyarli yo'q, tashkilot bu qaroridan tez orada afsuslanadi.

Overim o'zining “Instagram“ sahifasida “Oxirgi jangim ham yakunlandi. UFC'dagi o'n yillik faoliyatim ajoyib hayotiy tajriba bo'ldi. UFC'ga, muxlislarimga va meni qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat. Faoliyatimni bundan yaxshiroq bo'lishi qo'limdan kelmas edi. Bunga imkoniyat yaratgan Dana Uayt va Lorenso Fertitga o'z minnatdorchiligimni bildiraman”, - deb yozib qoldirgan u.

Championat.com sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: