SportUz.Net

Dragan Cheran «Paxtakor»ning yuqori ligalar va Superligada eng yaxshi to‘purariga aylandi

28.06.2024 23:48    


Rasmni yuklab olish

Dragan Cheran «Paxtakor» safida rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Endi Cheran "Paxtakor" safida yuqori ligalarda eng ko‘p gol urgan futbolchi nomini afsonaviy Gennadiy Krasniskiydan tortib oldi. Krasniskiy jamoa tarkibida yuqori ligalarda 102 gol muallifi bo‘lgandi.

Cheran esa "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qilib, gollari sonini 103taga yetkazdi. Shuningdek, u Superligada shu paytgacha rekordchi bo‘lib kelgan Igor Sergeevdan ham o‘zib ketdi. Sergeev hisobida 101 gol mavjud.

Chempionatlarda umumiy gol urish borasida (yuqori va quyi ligalar) Gennadiy Krasniskiy 142 gol bilan rekordchi bo‘lib turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: