SportUz.Net

FIDE reytingi yangilandi. O‘zbek shaxmatchilari nechanchi o‘rinda?

03.06.2024 23:31    


Rasmni yuklab olish

Jahon shaxmat federasiyasi may oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 4 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oydagi o‘rnini saqlab qoldi. Javohir Sindorov 60-o‘ringa tushib ketdi. U may oyi uchun qayd etilgan reytingda 50-o‘rinda edi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (43-o‘rin) ham o‘rin olgan. Avvalgi oyda 72-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev kuchli 100 likni tark etgan.



Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov 6-o‘rinni egallab turibdi. U may oyida 8-o‘rinda qayd etilgan edi.

Ma’lumot uchun, Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Superbet Poland 2024 turniri yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etib, musobaqani 6-o‘rinda yakunladi.

Avvalroq Nodirbek Abdusattorov Shvesiyaning Malmo shahrida bo‘lib o‘tgan Tepe Sigeman 2024 turnirida g‘olib bo‘lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: