SportUz.Net
photo photo

Effekti past operasiya

14.05.2024 00:00    


Rasmni yuklab olish

Give me Sport nashri APL tarixiga nazar solib, o‘z talqinidagi eng yomon transferlar ro‘yxatini shakllantirdi.

Unda Ukraina futboli afsonasi Andrey Shevchenko transferiga ham joy berildi. Vaqtida «A» seriyada «Milan» uchun tinmay gol urgan va «Chelsi» safiga qo‘shilgach, to‘purarlik salohiyatini kutilgan darajada ko‘rsatolmagan sobiq hujumchi 9-o‘ringa qo‘yildi.

Give me Sport nashrining salbiy reytingida amaldagi futbolchilar ham bor. Jumladan, ayni payt «Roma»da ijara muddatini o‘tayotgan «Chelsi»ning qimmatbaho xaridi - belgiyalik Romelu Lukaku 2-o‘rinda! APL tarixidagi eng samarasiz transfer esa Afrika futboliga bog‘liq. Gap 1996 yili «Sautgempton» libosini kiygan, ammo «avliyolar» safida atigi 1 marta maydonga tushgan senegallik Ali Dia haqida ketmoqda.

5-o‘rin - Denni Drinkuoter. Baquvvat yarim himoyachi 2017 yili «Lester»dan voz kechib, «Chelsi»ga o‘tgandi 37,9 mln. funt evaziga. Biroq Drinkuoter «ko‘klar» safida atigi 23 marta maydonga tushib, 1tagina gol bilan cheklanib qoldi. 

4-o‘rin - Jeydon Sancho. Eng oxirgi omadsiz kelishuvlardan biri. Angliyalik iqtidorli yarim himoyachi 2021 yili «Borussiya» D. bilan xayrlashib, «MYU» libosini kiydi. Ammo Jeydon «Old Trafford»da 85 mln. funtga baholangan transferini oqlay olmadi - «Yunayted» uchun 82ta o‘yinda 12ta gol va 6ta assist.

3-o‘rin - Bebe. «MYU»ga tegishli yana bir samarasiz kelishuv. «Qizil iblislar» 2010 yili «Eshtrela»da ko‘zga tashlangan tezkor vinger transferiga 8,8 mln. funt to‘lashgandi. Bebe shuncha xarajatga javoban klub safida atigi 7ta o‘yinda ko‘rinish berdi va 2ta gol urdi.

2-o‘rin - Romelu Lukaku. «Chelsi» 2021 yili «Inter»da qayta «qo‘zg‘algan» belgiyalik goleadorni o‘z tomoniga og‘dirish uchun naq 113 mln. funtdan voz kechdi. Lukaku esa APLda hammani yana bir bora ranjitdi - 44ta o‘yinda raqiblar darvozasini 15 marta nishonga olgan va 1 bora assist rolini bajargan bo‘lsada, «Stemford Brij»da undan ko‘pchilik aslo qoniqmadi.

1-o‘rin - Ali Dia. Senegallik hujumchi 1996 yili «Blayt Spartans» klubidan erkin agent maqomida «Sautgempton»ga o‘tdi. Biroq aldov yo‘li bilan shartnoma tuzgani uchun atigi 2 haftadan keyin kelishuv bekor qilingandi. Ali Dia bu oraliqda «avliyolar» libosida 1 marta maydonga tushishga ulgurganini ham aytish o‘rinli.

APL TARIXIDAGI ENG SAMARASIZ 11ta TRANSFER

1. Ali Dia («Sautgempton»)

2. Romelu Lukaku («Chelsi»)

3. Bebe («MYU»)

4. Jeydon Sancho («MYU»)

5. Denni Drinkuoter («Chelsi»)

6. Rikardo Alvares («Sanderlend»)

7. Jan-Keven Ogyusten («Lids»)

8. Aleksis Sanches («MYU»)

9. Andrey Shevchenko («Chelsi»)

10. Antoni («MYU»)

11. Kepa Arrisabalaga («Chelsi»)

 D.ALIMOV tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: