SportUz.Net
photo photo

Katta biznes misoli

13.05.2024 10:31    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali muayyan futbolchining transfer operasiyasidan eng katta pul olgan klublarni alohida e’tirof etdi.

Qiziq, bu masalada qaysi jamoalar alohida maqtanishga haqli?

5-o‘rin - «Aston Villa» (Jek Grilish transferi). «Manchester Siti» 2021 yili istiqboli baland yarim himoyachini o‘z safida ko‘rish uchun 117,5 mln. yevro to‘ladi. Xullas, «Aston Villa» o‘z tarbiya­lanuvchisi transferi ortidan shuncha ishladi.

4-o‘rin — «Liverpul» (Filippe Koutinyo transferi). «Qizillar» transferlarga katta mablag‘ ajratish barobarida futbolchilarni vaqtida sotishni ham yaxshi bilishadi. Misol uchun, 2018 yili Filippe Koutinyoni «Barselona»ga qo‘yib yuborish asnosida naq 122 mln. evroni qurtdek sanab olishgandi.

3-o‘rin — «Benfika» (Joau Felish transferi). Bunday ro‘yxat Portugaliya klubisiz to‘liq bo‘larmidi? Axir gap transfer siyosatini suvdek  «ichiyu yuborgan» jamoa haqida ketmoqda. Xullas, «Atletiko» 2019 yili yosh yarim himoyachi uchun  «Benfika»ga 127,2 mln. yevro to‘lagandi.

2-o‘rin - «Barselona» (Neymar transferi). Futbol tarixidagi eng mojaroli transfer tarixi. Aslida Kataloniya klubi futbolchi sotishga ixtisoslashmagan. Biroq 2017 yili «PSJ» Neymar uchun 222 mln. yevro taklif etgach, o‘zini to‘xtatib turolmadi. Qisqasi, «Barsa» braziliyalik yulduz transfer operasiyasidan 134 mln. yevroga teng foyda bilan chiqdi. 

1-o‘rin — «Monako» (Kilian Mbappe transferi). «PSJ» yana himmatli xaridor rolida. Parijliklar 2018 yili yosh goleadorni o‘z tomoniga og‘dirish yo‘lida «Monako» g‘aznasiga 180 mln. yevro to‘kkan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: