SportUz.Net
photo photo

«Barselona» — La ligada bunday natija qayd etgan ilk klubga aylandi

07.03.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

6 mart, shanba kuni Ispanyai chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Osasuna» — «Barselona» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Pamplona bo‘lib o‘tgan bahsda "ko‘k-anorranglilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Kataloniyaliklarning gollaridan biriga yarim himoyachi Ilaysh Moriba mualliflik qildi. Kelib chiqishi gvineyalik bo‘lgan mazkur o‘yinchi kecha 18 yoshu 46 kunlik edi.

Shu tariqa, «Barselona» bir mavsumda tarkibida 19 yoshdan kichik bo‘lgan 3 futbolchi gol urgan La liganing ilk jamoasiga aylandi. Joriy mavsumda 18 yoshli Pedri va Anssuman Fati o‘z hisoblariga gol yozishgan edi.

Ma’lumot o‘rnida. Ilaysh Moriba «Barselona» safida La liga doirasida gol urgan eng yosh beshinchi futbolchiga aylangandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: