SportUz.Net

“Bayer” o‘rtacha to‘plangan ochkolar bo‘yicha Yevropaning top-5 ligalaridagi eng yaxshi jamoa

25.03.2024 11:31    


Rasmni yuklab olish

Germaniyaning “Bayer” klubi har bir o‘yinda o‘rtacha 2,69 ochko to‘plagan.

Bu Yevropaning top-5 chempionatlaridagi barcha jamoalar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi. Bu haqda ushbu ko‘rsatkich asosida Yevropa jamoalari reytingini tuzgan Mail Sport portali X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinda o‘rtacha 2,62 ball to‘plagan Milanning “Inter” klubi joylashgan. Undan keyin “Real” (2,48) bormoqda. Kuchli beshlikni “Bavariya” (2,31) va Londonning “Arsenal” klublari (2,29) yakunlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda “Bayer” Germaniya chempionatida 70 ochko to‘pladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2013—2014 yilgi mavsumda 26 turdan keyin 74 ochko to‘plagan Bundesliga tarixida faqat “Bavariya” oldinda.

Xabi Alonso jamoasi 2023—2024 yilgi mavsumda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. “Bayer” ikkinchi o‘rindagi “Bavariya”dan 10 ochko oldinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: