SportUz.Net
photo photo

FIDE reytingi yangilandi. Yoshlar o‘rtasida Nodirbek tengsiz!

01.03.2024 16:00    


Rasmni yuklab olish

Jahon shaxmat federasiyasi fevral oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 4 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin egalladi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 11-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi reytingda 15-o‘rinda qayd etilgan edi. Nodirbekdan tashqari Javohir Sindorov (36-o‘rin), Rustam Qosimjonov (48-o‘rin) hamda Nodirbek Yakubboyev (75-o‘rin) top-100 talikdan o‘rin olgan.



E’tiborlisi Nodirbek Yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov beshinchi o‘rinni egallab turibdi.



Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilayotgan Prague Chess Festival 2024 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Hozirda uch o‘yin hisobida 2.5 ochko to‘plab, birinchi o‘rinda borayotgan Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda dunyoda 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: