Erling Xoland «Manchester Siti» klubiga o‘tganidan beri barcha musobaqalar doirasida 83 ta o‘yinda maydonga tushib, 79 ta gol urgan.
Norvegiyalik futbolchi 2022 yilning iyul oyida "shaharliklar" safiga qo‘shilgan bo‘lib, o‘sha paytdan buyog‘iga hisoblansa, Xoland eng ko‘p gol urgan APL futbolchisi bo‘lib turibdi.
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bu davrda 49 ta gol urdi va u ro‘yxatda 2-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xoland Angliya kubogining nimchorak final bosqichida «Luton»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (6:2) beshta gol muallifi bo‘ldi.
Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi! Jang atrofidagi detallar va tafsilotlar bilan yaqindan tanishing
O'zbekiston bokschilari ishtirok etadigan Osiyo chempionatiga oid muhim yangilik elon qilindi