SportUz.Net
photo photo

Goal.com: «Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yangi reytingi e’lon qilindi

26.02.2024 17:31    


Rasmni yuklab olish

Goal nashri oradan 2 hafta vaqt o‘tib 2024 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun favoritlar reytingini yangiladi.

Yangi reytingda Xarri Keyn 4-pog‘onadan 6-o‘ringa tushirilgan bo‘lsa, Fil Foden va Rodri mos ravishda 4 va 5-qatorlarga ko‘tarildi.

Reytingni esa hamon Jud Bellingem boshqarmoqda. Kilian Mbappe va Erling Xoland esa kuchli uchlikda.

Krishtianu Ronaldu 17, Lionel Messi esa 20-pog‘onani band etib turishibdi.

2024 yilgi “Oltin to‘p” uchun eng yaxshi 20 ta nomzod quyidagicha:

1. Jud Bellingem («Real»)
2. Kilian Mbappe («PSJ»)
3. Erling Xoland («Manchester Siti»)
4. Fil Foden («Manchester Siti»)
5. Rodri («Manchester Siti»)
6. Xarri Keyn («Bavariya»)
7. Muhammad Saloh («Liverpul»)
8. Vinisius Junior («Real»)
9. Lautaro Martines («Inter»)
10. Bukayo Saka («Arsenal»)
11. Virjil van Deyk («Liverpul»)
12. Antuan Grizmann («Atletiko»)
13. Xulian Alvares («Manchester Siti»)
14. Bernardu Silva («Manchester Siti»)
15. Deklan Rays («Arsenal»)
16. Rodrigo («Real»)
17. Krishtianu Ronaldu («Al-Nasr»)
18. Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»)
19. Florian Virts («Bayer»)
20. Lionel Messi («Inter Mayami»)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: