SportUz.Net

«Bayer» «Bavariya»ga tegishli rekordni yangiladi

24.02.2024 06:31    


Rasmni yuklab olish

Germaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Bayer» va «Mayns» jamoalari o‘rtasida o‘yin Xabi Alonso shogirdlarining g‘alabasi bilan tugadi.

Bu o‘yindan so‘ng leverkuzenliklar Bundesliga jamoalari orasida yangi rekord o‘rnatishdi: «Bayer» barcha musobaqalar doirasida 33 ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti. Jamoa bu uchrashuvlarda 29 g‘alaba va 4 durang qayd etdi.

Bu borada avvalgi rekord «Bavariya»ga tegishli bo‘lib, bu jamoa 2019-2020 yillarda ketma-ket 32 ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz yakunlagandi.

«Bayer» keyingi turni 3 mart kuni «Kyoln»ga qarshi o‘tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: