SportUz.Net
photo photo

«Gol+pas» bo‘yicha oldinda borayotgan yosh futbolchilar reytingi

15.02.2024 13:31    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali joriy mavsum Yevropaning kuchli 5ta ligasida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha oldinda borayotgan yosh futbolchilarga e’tibor qaratdi.

Bunda 23 yoshgacha bo‘lgan iqtidorlarning 31 yanvargacha qayd etgan statistikasi hisobga olingan. Xo‘sh, top-5da gol va samarali uzatma jamlandisi borasida top-6ga kirgan yoshlar natijasi qanday? 

6-o‘rin — Bukayo Saka. «Arsenal»ning 22 yoshli yarim himoyachisi APL doirasidagi 20ta o‘yinda 6ta gol urish barobarida yana 8tasiga mualliflik qildi - 14 ball. 

5-o‘rin — Entoni Gordon. «Nyukasl»da o‘z o‘rnini topib olgan 22 yoshli vinger hisobida gol va assist soni teng - 7tadan. Ya’ni Entoni ham APLning 20ta   o‘yinida «GolQpas» tizimida 14 ochko to‘pladi. 

4-o‘rin — Viktor Bonifase. «Bayer» hujumchisi Bundesligadan o‘rin olgan 16ta o‘yinda 10ta gol urdi va 7ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Demak, 23 yoshli yigitning umumiy natijasi - 17 ball. 

3-o‘rin — Lua Openda. «RB Leypsig» o‘yin uslubiga yengil moshlashgan 23 yoshli hujumchi Bundesliga doirasidagi dastlabki 19ta o‘yinda jamoasining 17ta golida ishtirok etdi. Ya’ni 13tasini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, yana 4tasiga assistent bo‘ldi (17 ball)

2-o‘rin — Jud Bellingem. 20 yoshli yarim himoyachi mavsum startidagi tezligini biroz pasaytirgandek. Shunda ham «Real» topilmasi statistikasi dahshat - La Ligadagi dast­labki 18ta o‘yinda 14ta gol va 3ta assist (17 ball)

1-o‘rin — Erling Xoland. 23 yoshli norvegiyalik yanvar oyi yakuniga qadar «Manchester Siti»ning APL taqvimidan o‘rin olgan 15ta o‘yinida qatnashdi. Bu uchrashuvlar samarasi esa doimgidek juda yuqori - 14ta gol va 4ta samarali uzatma. Qisqasi, «Gol+pas» tizimida 18 ochko.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: