Transfermarkt portali eng qimmat narxga xarid qilingan 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Dastlabki ikki o‘rin «Real» futbolchilari Vinisius Junior va Rodrigo Goesga tegishli bo‘ldi. Madridliklar klubi braziliyalik yosh iqtidor egalari uchun «Flamengo» va «Santos»ga 45 million yevrodan bergandi.
Kuchli uchlikdan Fabiu Silvaning (40 mln yevro) «Portu»dan «Vulverhempton»ga transferi o‘rin oldi.
Quyida top-10 lik bilan tanishing:
1. Vinisius Junior («Flamengo»dan «Real»ga) — 45 million yevro
2. Rodrigo Goes («Santos»dan «Real»ga) — 45 mln yevro
3. Fabiu Silva («Portu»dan «Vulverhempton»ga) — 40 mln yevro
4. Lyuk Shou («Sauthempton»dan «Manchester Yunayted»ga) — 37,5 mln yevro
5. Ueyn Runi («Everton»dan «Manchester Yunayted»ga) — 37 mln yevro
6. Renatu Sanshesh («Benfika»dan «Bavariya»ga) — 35 mln yevro
7. Alessandro Bastoni («Atalanta»dan «Inter»ga) — 31,1 mln yevro
8. Antoni Kassano («Bari»dan «Roma»ga) — 31 mln yevro
9. Reyner («Flamengo»dan «Real»ga) — 30 mln yevro
10. Vilyam Saliba («Sent-Eten»dan «Arsenal»ga) — 30 mln yevro
Kechagi qonli jangdan keyin Doston Bozorovning yuzi "remontada"ga muhtoj bo'lib qolibdi + FOTO
"Avstraliyalikka uzoq tanaffus shart emas". Maddalena Maxachev bilan jang sanasi haqida gapirdi
Valentina SHevchenko UFC 315 g'alabasidan so'ng navbatdagi raqibi haqidagi savolga javob berdi