SportUz.Net
photo photo

2023 yilda xalqaro transferlarga rekord miqdorda pul sarflangani ma’lum bo‘ldi

31.01.2024 00:00    


Rasmni yuklab olish

Futbol klublari 2023 yilda transferlar uchun sarflangan pul miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. Bu ma’lumot FIFA hisobotida aks ettirildi.

Unda faqat xalqaro transferlar inobatga olingan bo‘lib, mamlakat ichidagi transferlar hisobga olinmagan.

Demak, 2023-yildagi transferlar uchun 9,63 mlrd dollar sarflandi. Bu esa 2022-yilga transferlarga nisbatan 48,1 foizga ko‘proq (6,5 mlrd dollar).

Avvalgi rekord esa 2019 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda transferlar uchun 7,35 mlrd dollar xarajat qilingandi.

Eng ko‘p xarajat Angliya klublari tomonidan qilingan – 2,96 mlrd dollar. Germaniya klublari esa xalqaro transferlardan eng ko‘p daromad topishgan – 1,2 mlrd dollardan ko‘proq.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: