SportUz.Net

Ajoyib manzara! AQSHdagi xokkey o'yinida "o'yinchoqlar yomg'iri" bo'yicha rekord o'rnatildi (VIDEO)

09.01.2024 12:00    


Rasmni yuklab olish

Amerika xokkey ligasining "Xershi" va "Lixay Velli" jamoalari o'rtasidagi o'yinida akciya tashkil etildi.

Unga ko'ra, muxlislar o'zlari bilan yumshoq o'yinchoqlar olib kelishgan va o'yin tugagach uni muz ustiga uloqtirishlari lozim edi. Overtaymda "Xershi"ning kiritgan shaybasidan so'ng arenada "o'yinchoqlar yomg'iri" boshlanib ketdi. 

Yakunda 74 599 ta o'yinchoq yig'ilgan. Bu yangi rekord hisoblanadi. O'tgan yili muxlislar 67 309 ta o'yinchoq olib kelishgandi. 

Qo'shimcha malumot uchun, O'zbekistonda "Humo" jamoasi tomonidan ham mana shunday akciyalar o'tkazilib turiladi. Bunda yig'ilgan o'yinchoqlar shifoxonalardagi xasta bolajonlarga sovg'a qilinadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: