SportUz.Net
photo photo

«Liverpul» APLning so‘nggi 3 mavsumdagi eng ko‘p foyda olgan klubiga aylandi

07.01.2024 11:00    


Rasmni yuklab olish

Britaniyaning "LondonWorld" nashri ochiq manbalar asosida Angliya premyer-ligasi klublarining so‘nggi 3 mavsumdagi moliyaviy barqarorligi reytingini tuzib chiqdi. 20 jamoadan faqat beshtasi ijobiy balansga ega ekani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu davrda «Liverpul» eng ko‘p foyda olgan jamoa ekani aniqlandi. Klubning 3 yillik foydasi 67,1 mln funtga teng bo‘ldi. «Sheffild Yunayted» va «Byornli» klublari esa kuchli uchlikka kirdi.

So‘nggi 3 mavsumda foyda olgan APL klublari:

1. «Liverpul»: foyda — 67,1 mln funt sterling;
2. «Sheffild Yunayted»: foyda — 46,3 mln funt sterling;
3. «Byornli»: foyda — 31,9 mln funt sterling;
4. «Vest Xem»: foyda — 25,8 mln funt sterling;
5. «Tottenxem»: foyda — 2,2 mln funt sterling.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: