SportUz.Net

Osiyo kubogi-2023. Tarkibi eng qimmat terma jamoalar reytingi e’lon qilindi

06.01.2024 22:31    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali Osiyo kubogi-2023'da ishtirok etadigan terma jamoalar tarkibining umumiy narxi bo‘yicha reyting tuzib chiqdi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibining umumiy narxi 26.15 million yevroga baholandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha jamoamiz reytingda 6-pog‘onani egalladi.

Eng qimmat narx Yaponiya terma jamoasida kelib chiqdi — 316.95 million yevro. Ikkinchi pog‘onani Janubiy Koreya egalladi — 193 mln yevro. Eron (51,58), Avstraliya (40,90), BAA (32,05) terma jamoalari keyingi o‘rinlarni band etishdi.

Vyetnam, Gonkong va Qirg‘iziston terma jamoalarining tarkibi esa eng past narxda ekanini ma’lum bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: