SportUz.Net

Krishtianu Ronaldu 2023 yilni eng yaxshi to‘purar sifatida yakunladi (video)

31.12.2023 08:31    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Professional Ligasining 19-turida “An-Nassr” “At-Taavun”ni 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham gol muallifiga aylandi. Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi 2023 yildagi gollari sonini 54 taga yetkazib oldi va yilning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Undan keyingi o‘rinlarni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe va “Bavariya” futbolchisi Harri Keyn (har ikkalasida 52 tadan gol mavjud) egalladi. 4-o‘rindan esa “Manchester Siti” forvardi Erling Holand (50 ta gol) joy oldi.

54 ta gol — Krishtianuning 2016 yildan keyingi eng yaxshi natijasi. O‘shanda Krish 55 ta gol urgan. Ronaldu 2013 yilda 69 ta gol urib, o‘z rekordini o‘rnatgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: