SportUz.Net
photo photo

A seriyaning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

02.03.2021 19:30    


Rasmni yuklab olish

«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku Italiya chempionatining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Belgiyalik futbolchi o‘tgan oyda A seriya doirasida 4ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gl urdi va 3ta golga assistentlik qildi. «Inter» esa fevral oyidagi barcha bahslarda g‘alaba qozondi. To‘plar farqi — 11:1.

Lukaku Italiya chempionatining joriy mavsumida 18ta gol bilan to‘purarlar poygasida 2-o‘rinda bormoqda. U peshqadam Krishtianu Ronaldudan bitta gol ortda qolmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: