SportUz.Net
photo photo

Kelgusi “Oltin to‘p” uchun favoritlar aniqlandi. Messi va Ronaldu nechanchi o‘rinda?

25.12.2023 21:00    


Rasmni yuklab olish

Goal portali tahlilchilari navbatdagi “Oltin to‘p” uchun favoritlarni nomlashdi.

Reytingda birinchi o‘rinni "Real Madrid" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem egallab turibdi.

Ikkinchi pog‘onada "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn joylashgan. Sovrin uchun eng kuchli uch da’vogarlar ro‘yxatidagi so‘nggi o‘rinni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yakunlab berdi.

Erling Xoland (“Manchester Siti”) to‘rtinchi, Muhammad Saloh (“Liverpul”) esa beshinchi o‘rinni egalladi.

Top 10talikka shuningdek: Rodri, Antuan Grizmann, Bukayo Saka, Deklan Rays va Xulian Alvares kirdi. Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu 17, Messi esa 19-o‘rinni oldi. 

1. Jud Bellingem («Real»)
2. Xarri Keyn («Bavariya»)
3. Kilian Mbappe («PSJ»)
4. Erling Xoland («Manchester Siti»)
5. Muhammad Saloh («Liverpul»)
6. Rodri («Manchester Siti»)
7. Antuan Grizmann («Atletiko»)
8. Bukayo Saka («Arsenal»)
9. Deklan Rays («Arsenal»)
10. Xulian Alvares («Manchester Siti»)
11. Vinisius Junior («Real»)
12.Lautaro Martines («Inter»)
13. Bernardu Silva («Manchester Siti»)
14. Rodrigo («Real»)
15. Alvaro Morata («Atletiko»)
16. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»)
17. Krishtianu Ronaldu («Al-Nasr»)
18. Leroy Sane («Bavariya»)
19. Lionel Messi («Inter Mayami»)
20. Florian Virs («Bayer»)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: