O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan 12 nafar futbolchi o‘rin oldi. Ularning 7 nafari xorij chempionatida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 5 nafari milliy klubimiz a’zosi hisoblanadi. Jurnalistlar ovoz berishda faqat ushbu futbolchilar orasida tanlov qilishi mumkin.
Davogarlar ro‘yxati:
Oston O‘runov ("Navbahor")
Sherzod Nasrullayev ("Nasaf")
Otabek Shukurov ("Fotih Karagumruk", Turkiya)
Jaloliddin Masharipov ("Panserraykos", Gresiya)
Igor Sergeev ("Patum Yunayted", Tailand)
Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya)
Eldor Shomurodov ("Kalyari", Italiya)
Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya)
Abbosbek Fayzullayev (SSKA, Rossiya)
Odil Hamrobekov ("Paxtakor")
Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")
Jamshid Iskanderov ("Navbahor")
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"