SportUz.Net

«Real» so‘nggi 4 yillikdagi Yevropa rekordini o‘rnatdi

09.12.2023 10:31    


Rasmni yuklab olish

Mavsum-2019/2020dan boshlab hisoblasa, «Real» himoyachisi Yevropa chempionatlari klublari orasida eng yaxshisi hisoblanadi.

"Marca" nashri xabar tarqatishicha, madridliklar so‘nggi 4 mavsum davomida 167ta o‘yinda maydonga tushib, jami 129 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Bir o‘yinga o‘rtacha — 0,77 gol.

Bu borada ikkinchi pog‘onani «Atletiko» egallab turibdi (166 o‘yinda 141ta gol o‘tkazgan, o‘rtacha — 0,84). Uchinchi o‘rin esa «PSJ»ga tegishli (155 o‘yinda 139 gol, o‘rtacha – 0,89).

«Real» joriy mavsumda dastlabki 15 o‘yinda 9 gol o‘tkazdi. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Bungacha eng yaxshi natija Zidan boshqaruvi paytida qayd etilgandi. Jamoa mavsum-2019/2020da ilk 15 bahsda 11 gol o‘tkazib yuborgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: