Britaniyaning "FourFourTwo" nashri Ispaniya futboli tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar reytingini tuzib chiqdi.
Xavi Ispaniya futboli tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. "Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Andres Inyesta esa ikkinchi pog‘onaga joylashtirilgan bo‘lsa, "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas kuchli uchlikka kiritildi.
Top-10 quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
1. Xavi («Barselona»);
2. Andres Inyesta («Barselona»);
3. Iker Kasilyas («Real», «Portu»);
4. David Vilya («Valensiya», «Barselona», «Atletiko»);
5. Serxio Ramos («Sevilya», «Real», «PSJ»);
6. Serji Buskets («Barselona», «Inter Mayami»);
7. Raul («Real»);
8. Karles Puyol («Barselona»);
9. Jerar Pike («Barselona»);
10. Xabi Alonso («Real», «Real Sosyedad», «Liverpul», «Bavariya»).
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi