SportUz.Net
photo photo

Saloh, Mane, Osimhen va Hakimi. Afrikada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

18.11.2023 15:31    


Rasmni yuklab olish

2023 yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatga 10 nafar futbolchi kiritildi.

Riyad Mahrez (“Manchester Siti” / “Al-Ahli”, Jazoir), Andre-Frank Zambo-Angissa (“Napoli”, Kamerun), Vensan Abubakar (“Beshiktosh”, Kamerun), Muhammad Saloh (“Liverpul”, Misr), Ashraf Hakimiy “PSJ”, Marokash), Sofyan Amrabat (“Fiorentina” / “Manchester Yunayted”, Marokash), Yassin Bunu (“Sevilya” / “Al-Hilol”, Marokash), Yussef En-Nesiri (“Sevilya”, Marokash), Viktor Osimhen (“Napoli”, Nigeriya), Sadio Mane (“Bavariya” / “An-Nassr”, Senegal) kabi futbolchilar ushbu sovrin uchun kurash olib boradi.



G‘oliblar konfederasiya texnik qo‘mitasi, jurnalistlar, bosh murabbiylar terma jamoasi sardorlari ovozlari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

2022 yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini “Bavariya” safida to‘p surgan Sadio Mane qo‘lga kiritgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: