SportUz.Net

Bir mavsumda eng ko‘p daromad topayotgan futbolchilar: Ronaldu, Messi, Neymar...

13.10.2023 23:31    


Rasmni yuklab olish

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi deb topildi.

"Forbes" tarqatgan xabarga ko‘ra, «An-Nasr» futbolchisi bir mavsumda 260 mln dollar dollar ishlab topmoqda. Bu esa ikkinchi pog‘onadagi Lionel Messining daromadidan deyarli 2 baravar ko‘p. Argentinalik futbolchining yillik daromadi 135 million dollarga teng.

Neymar esa 112 million dollar bilan kuchli uchlikka kirdi.

Bir mavsumda eng ko‘p daromad topayotgan futbolchilar (top-11):

1. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») – 260 mln dollar (sportda – 200 mln, sportdan tashqari – 60 mln);

2. Lionel Messi («Inter Mayami») – 135 mln dollar (65+70 mln);

3. Neymar («Al-Hilol») – 112 mln dollar (80+32 mln);

4. Kilian Mbappe («PSJ») – 110 mln dollar (90+20 mln);

5. Karim Benzema («Al-Ittihod») – 106 mln dollar (100+6 mln);

6. Erling Xoland («Manchester Siti») – 58 mln dollar (46+12 mln);

7. Muhammad Saloh («Liverpul») – 53 mln dollar (35+18 mln);

8. Sadio Mane («An-Nasr») – 52 mln dollar (48+4 mln);

9. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 39 mln dollar (35+4 mln);

10. Xarri Keyn («Bavariya») – 36 mln dollar (26+10 mln);

11. Robert Levandovski («Barselona») – 34 mln dollar (24+10 mln).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: