Eronlik sportchi Mustafo Rajay taqdirlash marosimida isroillik Maksim Sviriskiy bilan qo'l berib ko'rishdi va natijada u umrbod diskvalifikaciya qilindi. Nega unday bo'ldi? Rajay musobaqada ikkinchi, Svirskiy uchinchi va Avstriya sharafini himoya qilgan Martirosyan birinchi o'rinni egalladi. Siltab ko'tarishda eronlik og'ir atlektikachi jahon rekordini o'rnatdi.
“Men Allohga va JCHda sovrindor bo'lishimda yordam bergan barchaga rahmat aytaman”, dedi g'alabadan so'ng Mustafo. Bahslardan so'ng atletlar elkalariga davlat bayroqlarini ilib, bir-birlari bilan qo'l berib ko'rishib, g'alaba bilan tabriklashdi. Rajay uchun ushbu qutlov onlari fojeali bo'ldi, chunki Eron fuqarolarining Isroil vakillari bilan har qanday aloqasi taqiqlangan.
Eron og'ir atletika federaciyasi ushbu holatdan keyin zudlik bilan bayonot berib chiqdi, Mustafo “kechirilmas qilmishi” uchun umrbod diskvalifikaciya qilindi. Bundan tashqari sportchi shunchaki chetlatilmadi – unga mamlakatdagi har qanday sport inshootlariga tashrif buyurish va sport bilan shug'ullanish ham taqiqlandi. Bu hammasi emasdi, Krakovdagi Eron delegaciyasi rahbari Hamid Salehiniya terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi hamda mamlakat og'ir atletika federaciyasidagi musobaqalarga sportchilarni tayyorlash va ishtirok etish uchun masul qo'mita to'liq tarkibda tugatildi.
Eron o'z sportchilari manfaatlarini qurbon qilib, Isroil vakillari bilan aloqaga qatiy munosabatda bo'ladi. Misol uchun, 2019 yilgi dzyudo bo'yicha jahon chempionatida jahon chempioni Said Mollai isroillik Sagi Muki bilan ehtimoliy uchrashuvning oldini olish maqsadida turnirni tark etishiga buyruq berilgandi. “Agar jangga borsam, men va oilam jiddiy muammolarga duch kelishini aytishdi. Men yordam so'rayman. Eron hukumati qo'rqmasdan uyga qaytishim mumkinligini aytishdi, ammo men ularga ishonmayman. O'zimga yoki oilamga nimadir bo'lishidan qo'rqaman”, degandi o'shanda dzyudochi.
Said Mollai yarim final bellashuvida belgiyalik Mattias Kassega yutqazib qo'ygan bo'lsa-da, turnirda kurashni davom ettirdi. Musobaqda ishtirok etishning o'zi katta narsa, biroq u qo'rqmadi. Aytgancha, o'sha turnirda isroillik Muki g'olib bo'ladi. Xalqaro dzyudo federaciyasi bunday hatta-harakatlarga chidab tura olmadi va Eronni to'rt yilga musobaqalardan chetlatdi. Diskvalifikaciya muddati 2023 yilning 17 sentyabrida yakuniga etadi. Mollai bo'lib o'tgan voqealardan so'ng Eronni tark etdi. Tokio olimpiadasida Mo'g'uliston sharafini himoya qilib, kumush medalga sazovor bo'ldi, hozir esa Ozaraybajon mamlakatida faoliyat olib bormoqda.
SHuningdek, shaxmat vunderkindi Alirizo Firuzja ham Eronni tark etgan. U ham bahslarda isroillik raqibi bilan uchrashishi mumkinligi sababli turnirdan chiqib ketishga majbur bo'lgan. 2019 yilgi Grenke Open turnirida Firuzja isroillik shaxmatchi bilan o'yinni o'tkazib yuborish natijasida uchunchi o'rinni egallagan. Ushbu holat na sportchiga, na uning oila azolariga manzur bo'ldi. Alirizo ikki yil davomida FIDE bayrog'i ostida musobaqalarda qatnashib yurdi va endi u Franciya sharafini himoya qilmoqda.