
Angliya premyer ligasi avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.
Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun quyidagi o‘yinchilar kurash olib boradi:
— Tayvo Avoniyi (“Nottingem Forest”) – 1 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 3 ta gol;
— Jerrod Bouen (“Vest Hem”) – 2 g‘alaba, 1 durang, 2 ta gol, bitta golli uzatma;
— Jeyms Meddison (“Tottenhem”) – 2 g‘alaba, 1 durang, bitta gol, 2 ta golli uzatma;
— Brian Mbemo (“Brentford”) – 1 g‘alaba, 2 durang, 3 ta gol;
— Kaoru Mitoma (“Brayton”) – 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, bitta gol, 2 ta golli uzatma;
— Rodri (“Manchester Siti”) – 3 g‘alaba, 2 ta gol, bitta golli uzatma.
Avgust oyining eng yaxshilarini aniqlash 11 sentyabr, dushanba kuniga qadar davom etadi. Muxlislar ovozi va ekspertlarning fikri asosida natijalar aniqlanadi.
UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"