Hujumchi Bukayo Saka «Arsenal» safida rekordchiga aylandi. U Angliya chempionati doirasida ketma-ket 83-o‘yinda ishtirok etdi.
Bu esa klub tarixidagi eng uzun seriya hisoblanadi. 21 yoshli futbolchi "Arsenal"ning sobiq hujumchisi Pol Mersonga tegishli rekordni yangiladi. Ushbu futbolchi 1995-1997 yillarda "kanonirlar" safida APL doirasida 82 o‘yinda qatnashgan.
E’tibor tomoni, Merson bu rekord o‘rnatgan paytda Saka hali tug‘ilmagan edi.
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi