APL. «Chelsi» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Manchester Siti»ni yengdi (videosharh)
09.05.2021 02:06
1800Rasmni yuklab olish
Angliya Premyer Ligasining 35-turida «Manchester Siti» va «Chelsi» 8 may, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.Manchesterda kechgan bahsda londonliklarning qo‘li baland keldi. Dastlab 44-daqiqada Rahim Sterling hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning o‘zida «shaharlik»lar hisobni oshirishi mumkin edi, ammo Serxio Aguero 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasiga kelib, Hakim Ziyosh muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada esa Markos Alonso gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi»ning ochkolari soni 64 taga yetdi, jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Siti» (80) esa mag‘lubiyatga qaramay peshqadamlik qilmoqda.APL, 35-tur8 may, shanba«Manchester Siti» — «Chelsi» 1:2Gollar: 1:0 – 44 Sterling, 1:1 – 63 Ziyosh, 1:2 – 90+3 Alonso.«Manchester Siti»: Ederson, Mendi (Zinchenko, 80), Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Ferran Torres (Gundo‘g‘on, 71), Rodri, Sterling, Lyaport, Gabriel Jezus, Aguero (Foden, 70).«Chelsi»: Mendi, Alonso, Ryudiger, Kristensen (Zuma, 45), Jeyms, Ziyosh (Hadson-Odoi, 76), Kante (Jorjinyo, 68), Pulishich, Gilmor, Aspilikueta, Verner.Ogohlantirishlar: Sterling (12), Gabriel Jezus (90).
Дўстларга юборинг: