SportUz.Net
photo photo

Terma jamoamizning ikki futbolchisi kichik jarohat oldi

14.02.2021 13:23    


Rasmni yuklab olish

"Lokomotiv" hamda O'zbekiston termasi bosh shifokori Abror Pirriev terma tarkibida jarohatlangan futbolchilar borligini malum qildi.

Uning yozishicha, Javohir Ilyosov hamda Lutfulla To'raevda kichik jarohat aniqlangan. Ular hozircha umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etishmayapti.

"Yig'in davom etmoqda. O'tgan o'yindan nisbiy xulosa: Imkon qadar, ertalabki 10:30 da o'ynamaganimiz maqul. Iordaniya bilan bahsga tayyorgarlik qizg'in. Lutfullo To'raev oyoq mushaklarida og'riq sezgani sababli mashg'ulotlarni individual tarzda davom ettirmoqda. Darvozabonimiz Javohir Ilyosov ham qo'l panja sohasidan jarohat olgani bois Denis Ivankov uni alohida shug'ullantirmoqda. Qisqasi, keyingi o'yinlarda barchamizga omad!", - deb yozadi shifokor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: